FORS TILI LEKSIK BIRLIKLARINI QO‘LLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
fors tili, leksik birlik, texnologiya, mobil o‘qitish, gamifikatsiya, korpus, nutqiy kompetensiya, interaktiv ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada fors tili leksik birliklarini qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalasi yoritilgan. Leksik birlik tushunchasi, ularning turli kommunikativ vaziyatlarda qo‘llanishi hamda o‘quvchilarda faol lug‘atni rivojlantirishning psixolingvistik asoslari tahlil qilingan. Maqolada an’anaviy va innovatsion yondashuvlar taqqoslanib, mobil ilovalar, korpus tahlili, avtomatik talaffuzni aniqlash (ASR), gamifikatsiya, multimediali materiallar va integratsiyalangan o‘qitish texnologiyalarining afzalliklari misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning fors tilidagi leksik birliklarni kontekstda to‘g‘ri va faol qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
References
1. Ахмедова, Н. (2022). Chet tillarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
2. Бахшиллоев, Ш. (2021). Til o‘rgatishda zamonaviy metod va texnologiyalar. Samarqand: SamDU nashriyoti.
3. Nation, I. S. P. (2013). Learning Vocabulary in Another Language (2nd ed.). Cambridge: Cambridge University Press.
4. Schmitt, N. (2020). Vocabulary in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press.