TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI TARTIBGA SOLISHDA MARKAZIY BANK SIYOSATI VA VALYUTA KURSI OMILINING TA’SIRI
Keywords:
bank likvidligi, Markaziy bank funksiyalari, likvidlik normativlari, N2, N3, N4, valyuta kursi, Basel III, tijorat banklari.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asosiy maqsadlari hamda tijorat banklari likvidligini tartibga solish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sof aktivlar hajmi bo‘yicha yirik 10 ta tijorat banki misolida likvidlik normativlari (N2, N3 va N4) dinamikasi o‘rganilgan hamda ularning AQSh dollari kursi o‘zgarishi bilan bog‘liqligi korrelyatsion tahlil asosida baholangan. Natijalar majburiy likvidlik normativlari bilan valyuta kursi o‘rtasida ijobiy, uzoq muddatli likvidlik normativi bilan esa teskari bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar bank tizimi barqarorligini mustahkamlash va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Ruziyev, B. S. (2020). Tijorat banklarida likvidlik muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
2. Poyonov, B. (2019). Bank tizimi likvidligini ta’minlash vositalari va usullarini takomillashtirish. Toshkent: Moliya.
3. Sattorova, N. (2021). Tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribasi. Bank-moliya tizimi axborotnomasi, 4, 45–52.
4. Sattorova, N. (2022). Pul bozori barqarorligini ta’minlashda tijorat banklarida likvidlikni boshqarish samaradorligi. Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 2, 33–40.
5. Sattorova, N. (2023). Bank likvidligini boshqarishda valyuta kursi barqarorligini ta’minlash mexanizmlari. Moliya va bank ishi, 1, 27–35.
6. Sayfutdinov, B. (2020). Tijorat banklarining likvidligini tartibga solish amaliyotining dolzarb masalalari. Iqtisodiyot va innovatsiyalar, 3, 61–68.
7. Karshiyev, A. (2021). Tijorat banklarida muammoli kreditlarning likvidlikka ta’siri. Bank ishi, 5, 48–55.
8. Rayimov, J. J., & Abduvahobov, S. X. (2018). Tijorat banklarining likvidligini boshqarish. Toshkent: Fan va texnologiya.
9. Xolbayev, S. (2019). Banklar likvidligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Iqtisodiy tahlil, 6, 72–78.
10. Tursinov, N. (2022). Liquidity risk management and improvement in commercial banks of Uzbekistan. International Journal of Economics and Finance, 14(3), 89–97.